Ushbu kursda Node.js, Express.js va HBS dvijoklaridan foydalanib, noldan real loyihaning backend qismini qurishni o'rganamiz. Jarayon davomida JWT, cookie va sessionlar bilan ishlash, shuningdek, email orqali OTP yuborib foydalanuvchini tasdiqlash kabi murakkab tizimlar amaliyotda qo'llaniladi. Ma'lumotlar bazasini loyihalashda SQL va NoSQL farqlarini real misollar yordamida tahlil qilamiz. Kurs yakunida frontend qismi Next.js, backend qismi Node.js da yozilgan hamda Socket.io orqali real-time funksiyalarga ega bo'lgan to'laqonli loyiha yaratiladi.
8 modul
160 dars
59 soat video
34 o’quvchi
Nimalarni o’rganasiz
Node.js, Express.js va HBS
JWT, Cookie va Session bilan xavfsiz ishlash
Email orqali OTP yuborish va tasdiqlash
SQL vs NoSQL — amaliy taqqoslash
Socket.io orqali Real-time funksiyalar
Next.js va Node.js integratsiyasi bilan to'liq real loyiha ko'tarish!