Ushbu kursda siz Angular 9 dan to 20-versiyagacha bo'lgan o‘zgarishlarni amaliy misollar bilan chuqur o‘rganasiz. Kurs yangi boshlovchilar uchun ham, tajribali frontend dasturchilar uchun ham foydali bo‘lib, modern Angular arxitekturasi, komponentlar, @Input/@Output, Reactive Forms, HttpClient, va Routing kabi fundamental tushunchalardan boshlab, NgRx bilan state management, Actions, Reducers, Effects va Selectorsni ham to‘liq tushunishga yordam beradi. Kursni tugatganingizda, siz zamonaviy Angular ilovalarini to‘liq mustaqil yozish, katta kod bazalarni boshqarish va state management’ni mukammal tushunish darajasiga erishasiz.
7 modul
49 dars
13 soat video
2 945 o’quvchi
Nimalarni o’rganasiz
Angular 9 dan Angular 20 gacha bo‘lgan versiyalar orasidagi asosiy farqlarni
Angular komponentlar direktivlar pipe va servislar bilan ishlashni
Reactive Forms va Template-driven Forms bilan shakllar yaratishni
REST API bilan ishlash uchun HttpClient’dan foydalanishni
Routing va Lazy Loading orqali sahifalarni boshqarishni
State management uchun NgRx kutubxonasi bilan ishlashni
NgRx Action Reducer Selector va Effect’larning rolini va ulardan foydalanishni